O'zbekiston

Farg‘onada alimentdan 10 yillik qarzdor ota ushlandi

Unga 2022 yilning yanvar oyida qidiruv eʼlon qilingandi.

Farg‘onada alimentdan 10 yillik qarzdor ota ushlandi

Farg‘onada 10 yil davomida farzandiga aliment to‘lashdan qochib yurgan ota qo‘lga tushdi. Bu haqda Majburiy ijro byurosi Farg‘ona viloyati boshqarmasi xabar berdi.

 

Ijro hujjatiga ko‘ra, Farg‘ona shahrida yashovchi A.T.dan ikki nafar farzandining moddiy taʼminoti uchun aliment undirilishi belgilangan.

 

Mazkur ijro hujjati yuzasidan qarzdor ota aliment to‘lovlaridan bo‘yin tovlab qochib yurganligi sababli unga nisbatan 2022 yilning yanvar oyida qidiruv eʼlon qilingan.

 

Olib borilgan tezkor qidiruv ishlariga ko‘ra, qarzdor ota 2014 yil fevral oyida Rossiya davlatiga chiqib ketgani aniqlangan.

 

2024 yil iyun oyida Rossiya davlatidan qaytgan qarzdor ota Farg‘ona shahridan topilib, davlat ijrochisiga topshirilgan.

 

“Qarzdorga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-4-moddasiga (Voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni moddiy taʼminlashdan bo‘yin tovlash) asosan qonuniy chora ko‘rilmoqda”, deyiladi xabarda.

 

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Farg‘onada alimentdan 10 yillik qarzdor ota ushlandi | Zamon.uz