Qarshi davlat universitetida pichoqbozlik yuz berdi
Holat bo‘yicha prokuratura rasmiy munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, 22 iyun kuni soat 08:30 larda fuqaro M.E o‘ziga oldindan tanish bo‘lgan Qarshi davlat universiteti talabasi fuqaro S.T. bilan universitet hududida o‘zaro janjallashgan. U S.T.ning tanasini turli sohalariga o‘zi bilan olib kelgan pichoqni 8 marotaba sanchib, og‘ir tan jarohati yetkazgan.
Shundan so‘ng fuqaro M.E. o‘zining qorin bo‘shlig‘iga pichoq sanchib, o‘ziga-o‘zi tan jarohati yetkazgan.
Holat yuzasidan Qarshi shahar prokuraturasi tomonidan fuqaro M.E.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 25, 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Jabrlanuvchi hozirda shifoxonada tibbiyot xodimlari nazorati ostida davolanmoqda.
Gumonlanuvchi shaxs protsessual tartibda ushlangan. Jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari shahar prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda.







