O'zbekiston

Tibbiyot muassasasi mansabdorlari byudjet mablag‘ini talon-taroj qildi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tibbiyot muassasasi mansabdorlari byudjet mablag‘ini talon-taroj qildi

Tibbiyot muassasasi mansabdor shaxslari tomonidan qator qonunbuzilishi holatlariga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi. Bu haqida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

 

Maʼlum qilinishicha, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan sog‘liqni saqlash tizimida "Korrupsiyasiz soha" loyihasi ijrosi yuzasidan Ibn Sino nomidagi 1-sonli Toshkent shahar klinik shifoxonasida byudjet mablag‘laridan foydalanish va tizimdagi korrupsiyaviy xavf-xatarlarning oldini olish masalalari bo‘yicha o‘rganish o‘tkazildi.

 

O‘rganishda tibbiyot muassasasida byudjet mablag‘larini o‘zlashtirish va talon-toroj qilish, amalda bajarilmagan ishlar uchun oylik ish haqi to‘lanishi, tibbiy jihozlardagi kamomad, davlat xaridlari jarayonlari bilan bog‘liq qator qonunbuzilishi holatlari aniqlandi.

 

Xususan, tashkilot mansabdor shaxslari o‘zaro jinoiy til biriktirgan holda shifoxonada amalda bir qator lavozimlar mavjud bo‘lsada, boshqa fuqarolar bilan fuqarolik-huquqiy shartnomalar tuzgan va amalda biror-bir bajarilmagan ish uchun ularga doimiy ravishda oylik ish haqi to‘lab kelingan. Natijada juda ko‘p miqdordagi byudjet mablag‘lari talon-toroj qilingan.

 

Yuqoridagilarga ko‘ra, Agentlik taqdim etgan hujjatlar asosida prokuratura organlari tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

 

Hozirda holat yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Tibbiyot muassasasi mansabdorlari byudjet mablag‘ini talon-taroj qildi | Zamon.uz