Bo‘stonliqqa olib boruvchi yo‘l vaqtincha yopiladi
Yo‘lda velosport musobaqasi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumaniga olib boruvchi avtomobil yo‘li velosport musobaqasi uchun maʼlum vaqtga yopiladi.
Sportning velosport-shosse turi bo‘yicha kattalar (erkaklar va ayollar) o‘rtasida O‘zbekiston chempionati o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Shu munosabat bilan joriy yilning 25-26 iyun kunlari soat 08:00 dan 14:00 ga qadar 4R12 Bektemir-Chorbog‘ qo‘rg‘oni avtomobil yo‘lining 34 va 54 kilometrlari oralig‘ida transport vositalari harakati cheklanadi.
Bo‘stonliq tumaniga tashrif buyuruvchi fuqarolardan Chirchiq shahri orqali harakatlanish tavsiya etildi.







