O'zbekiston

Eng namunali bog‘chalarda gimnastika xonalari tashkil qilinadi

Bu bo‘yicha Prezident Farmoni qabul qilindi.

Eng namunali bog‘chalarda gimnastika xonalari tashkil qilinadi

Unga ko‘ra, 2024-yil 1-sentyabrgacha ixtisoslashtirilgan sport maktablari uchun maqbullashtirilgan o‘quv rejalari ishlab chiqiladi.

 

Bunda O‘zbekiston tarixi va ingliz tili fanlarining chuqurlashtirilgan holda o‘qitilishiga hamda umumlashgan tabiiy fan va sport psixologiyasining zamonaviy usullarda o‘rgatilishiga alohida eʼtibor qaratiladi.

 

Ixtisoslashtirilgan sport maktablarida ikkinchi xorijiy tilni o‘rgatish yo‘lga qo‘yiladi.

 

Har bir tuman va shahardan kamida 3 tadan eng namunali davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari tanlab olinib, gimnastika xonalari tashkil qilinadi.

 

Farmonga muvofiq, ixtisoslashtirilgan sport maktablarida:

 

➖o‘quv-tarbiya jarayoni 5–11-sinflar doirasida maxsus taʼlim dasturlari bo‘yicha tashkil etiladi;

 

➖qabul jarayonlariga xalqaro va mahalliy trener-seleksionerlar jalb qilinadi;

 

➖taʼlim jarayoni o‘quvchilar soni 12 nafardan 24 nafargacha sinflarda amalga oshiriladi;

 

➖o‘quvchilarining umumiy cheklangan soni 168 nafar etib belgilanadi.

 

2024/2025 o‘quv yilidan har yili mahalliy va xorijiy sport ustalari, trener hamda mashhur sportchilar ishtirokida mahorat darslari o‘tkaziladi.

 

Farmonga asosan, ixtisoslashtirilgan sport maktablari o‘quvchi-sportchilari O‘zbekiston chempionati va kubogi musobaqalarida alohida jamoa sifatida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirok etadi.

 

Shuningdek, ixtisoslashtirilgan sport maktablari tizimida boks va gimnastika bo‘yicha trenerlar maktabi tashkil qilinadi.

 

2024-yil 1-sentyabrdan ixtisoslashtirilgan sport maktablari xodimlariga har oylik 100 foizgacha ustama to‘lash tartibi joriy etiladi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Eng namunali bog‘chalarda gimnastika xonalari tashkil qilinadi | Zamon.uz