Jahon

G‘azoda HAMAS guruhi bilan jangning shiddatli bosqichi nihoyasiga yetmoqda

Bu haqida Binyamin Netanyahu Isroil matbuotiga bergan intervyusida aytdi.

G‘azoda HAMAS guruhi bilan jangning shiddatli bosqichi nihoyasiga yetmoqda

"Bu urush tugaydi degani emas, ammo hozirgi bosqichdagi urush Rafahda tugaydi. Bu haqiqat", — dedi u 14-kanal jurnalistlariga.

 

Bosh vazir, shuningdek, G‘azoda asirga olingan garovdagilarni qaytarish bo‘yicha HAMAS bilan "qisman kelishish"ga tayyor ekanini aytdi, biroq urush HAMAS yo‘q qilinmaguncha davom etishini yana bir bor taʼkidladi.

 

Netanyahuning aytishicha, G‘azodagi shiddatli janglar tugagach, Isroil so‘nggi haftalarda “Hizbulloh” bilan janglar avj olgan Livan bilan shimoliy chegarasiga qo‘shimcha kuchlarni joylashtirishi mumkin.

 

"Biz buni, birinchi navbatda, mudofaa maqsadida, ikkinchidan, fuqarolarimizni uylariga qaytarish uchun qilamiz. Agar buni siyosiy jihatdan qila olsak, ajoyib bo‘lar edi. Agar bunday bo‘lmasa, biz boshqacha yo‘l tutamiz, lekin biz hammani — shimol va janubning barcha aholisini uyiga qaytaramiz", — deya qo‘shimcha qildi Netanyahu.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

G‘azoda HAMAS guruhi bilan jangning shiddatli bosqichi nihoyasiga yetmoqda | Zamon.uz