Navoiyda “prava” sotmoqchi bo‘lgan avtomaktab rahbari ushlandi
U YHXBda ishlovchi tanishlari yordamida “ishni bitirmoqchi” bo‘lgan.

Uchta viloyatda haydovchilik guvohnomalarini olib berishini vaʼda qilgan firibgarlar ushlandi.
Navoiyda o‘tkazilgan tezkor tadbirda “A.V.” MCHJ avtomaktabi rahbari z.M. fuqaro Sh.J.ning ishonchiga kirib, go‘yoki YHXBda ishlovchi tanishlari yordamida Sh.J. va uning turmush o‘rtog‘iga haydovchilik guvohnomalarini olib berishi evaziga 1 000 AQSH dollarini olgan.
Farg‘onada o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.M. fuqaro A.Q.ga 1 300 AQSH dollari evaziga o‘quv kurslariga qatnashmasdan haydovchilik guvohnomasini olib berishini vaʼda qilib, oldindan 1 000 AQSH dollarini olgan.
Samarqand tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar U.T. va Sh.A. fuqaro M.A.ga tanishlari yordamida 1 000 AQSH dollari evaziga haydovchilik guvohnomasini olib berishlarini aytib, shundan 500 AQSH dollarini olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.







