O'zbekiston

O‘zbek tili bo‘yicha milliy sertifikat imtihonida yuqori ball to‘plaganlarga imtihon xarajati qoplab beriladi

Yoshlar ishlari agentligining Yoshlarga oid davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan o‘zbek tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonlarida yuqori ball (daraja) olgan yoshlarga imtihon topshirish xarajatlari 2025 yil 1 yanvardan boshlab qoplab berilishi rejalashtirilmoqda.

O‘zbek tili bo‘yicha milliy sertifikat imtihonida yuqori ball to‘plaganlarga imtihon xarajati qoplab beriladi

Vazirlar Mahkamasining “O‘zbek tili va adabiyot fani bo‘yicha milliy sertifikat imtihonida yuqori ball (daraja) to‘plagan yoshlarga imtihon topshirish xarajatlarini to‘liq qoplab berish tartibini joriy etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi eʼlon qilindi.

 

Quyidagilar:

 

O‘zbek tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonlarida yuqori ball (daraja) olgan yoshlarga imtihon topshirish xarajatlarini to‘liq qoplab berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning maʼmuriy reglamenti;

 

imtihon topshirish xarajati kompensatsiya qilinadigan imtihon tizimi tasdiqlanadi.

 

Belgilanishicha:

 

Yoshlar ishlari agentligining Yoshlarga oid davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan o‘zbek tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonlarida yuqori ball (daraja) olgan yoshlarga imtihon topshirish xarajatlari 2025 yil 1 yanvardan boshlab qoplab beriladi.

 

Agentlik:

 

a) 2024 yil 1 dekabrga qadar:

 

davlat xizmatini ko‘rsatish uchun zarur hujjatlar va boshqa hujjatlarning namunaviy shakllari, blankalari ishlab chiqilishini taʼminlaydi hamda Adliya vazirligi bilan kelishgan holda tasdiqlaydi;

 

Adliya vazirligi bilan birgalikda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (YAIDXP) elektron davlat xizmatini joriy qilish bo‘yicha texnik hujjatni ishlab chiqadi, kelishish va tasdiqlash uchun Raqamli texnologiyalar vazirligiga kiritadi;

 

Raqamli texnologiyalar vazirligi birgalikda ariza beruvchilar taqdim etadigan hujjatlarning avtomatik ravishda belgilangan mezonlarga mos kelishini aniqlovchi va maʼlumotlarni saralovchi, shuningdek, YAIDXPda davlat xizmatlari ko‘rsatilishining har bir bosqichida murojaatlar ko‘rib chiqilishini kuzatib borish imkonini beruvchi xizmatni ishga tushiradi. Shu bilan birga tegishli vazirliklar va idoralarning YAIDXPga ulanishini va axborot tizimlarining o‘zaro integratsiya qilinishini taʼminlaydi;

 

b) 2024 yil 1 dekabrdan boshlab Adliya vazirligi bilan birgalikda davlat xizmatlari markazlarining xodimlari ishtirokida ushbu qaror bilan tasdiqlangan maʼmuriy reglamentni amalda qo‘llashning samaradorligi va natijadorligi darajasini oshirishga yo‘naltirilgan o‘quv seminarlari o‘tkazilishini taʼminlaydi;

 

d) o‘zbek tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonlarini tashkil etishga vakolatli tashkilotning tegishli imtihon topshirish xarajatlari to‘g‘risidagi maʼlumotlarni o‘zining rasmiy veb-saytida eʼlon qiladi hamda doimiy ravishda yangilab boradi.

 

Agentlik Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda Yoshlarga oid davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan imtihon topshirish xarajatini kompensatsiya qilish haqida ariza beruvchilarning elektron reyestri axborot tizimini yaratadi hamda uni keyinchalik texnik qo‘llab-quvvatlash va takomillashtirish choralarini ko‘radi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

O‘zbek tili bo‘yicha milliy sertifikat imtihonida yuqori ball to‘plaganlarga imtihon xarajati qoplab beriladi | Zamon.uz