Lifestyle

AQSH prezidentining mum haykali issiqda erib ketdi

Ayni paytda Vashingtonda anomal issiq kuzatilmoqda.

AQSH prezidentining mum haykali issiqda erib ketdi

AQSHning 16-prezidenti, qullikka barham berishga harakat qilgan yetakchi Avraam Linkoln tasvirlangan mumdan yasalgan haykal haddan tashqari issiqlik tufayli erib ketdi.

 

Mum haykalning boshi butunlay erib ketgan, qolgan qismi esa faqat qisman erigan. Haykalni qayta taʼmirlash kerak. 

 

Maʼlumot uchun, prezident Linkoln yodgorligi Vashingtondagi Kamp Barkerda joylashgan. U rassom Sendi Uilyamsning mumdan yasalgan yodgorliklari seriyasining bir qismi sifatida o‘rnatilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"