O'zbekiston

O‘zbekistonda ayrim toifalar uchun jamoat transporti bepul bo‘ladi

Bu bo‘yicha Qonun loyihasi maʼqullandi.

O‘zbekistonda ayrim toifalar uchun jamoat transporti bepul bo‘ladi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar Ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish tizimini takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasini ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqib, qabul qildi.

 

Mazkur qonun loyihasi bilan bir qator qonunlarga o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi, yolg‘iz keksa hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarning Ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, xotin-qizlar va bolalarning qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

 

Xususan, “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunning tegishli moddalari qo‘shimcha normalar bilan to‘ldirilmoqda. Unga ko‘ra, Prezident huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasida vakolatli organ etib belgilab qo‘yilmoqda.

 

O‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga shahar yo‘lovchilar transportidan (taksidan tashqari) bepul foydalanish huquqi berilmoqda.

 

Shuningdek, o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga qilingan homiylik mablag‘larini soliq bazasini aniqlashda chegirib tashlanmaydigan xarajatlar jumlasiga qo‘shish nazarda tutilmoqda.

 

Bundan tashqari, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, uning hududiy bo‘linmalari tomonidan xotin-qizlar va bolalarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish, og‘ir ahvolga tushib qolgan va og‘ir ahvolga tushib qolish xavfi yuqori bo‘lgan shaxslar, shuningdek, oilalar manfaatlarini ko‘zlab fuqarolik va maʼmuriy sudlarga arizalar, shikoyatlar, daʼvolar kiritilganda davlat bojini to‘lashdan ozod qilish belgilanmoqda.

 

Majlisda qonun loyihasini ikkinchi o‘qishga tayyorlash chog‘ida masʼul qo‘mita tomonidan ishchi guruh aʼzolari, huquqshunoslar, tegishli vazirlik va idoralar vakillari ishtirokida bir qator yig‘ilishlar, seminarlar o‘tkazilgani, deputatlar tomonidan berilgan taklif va tavsiyalardan kelib chiqib, qonun loyihasining muqaddima qismi va bir qator moddalariga tahririy tuzatishlar kiritilgani qayd etildi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

O‘zbekistonda ayrim toifalar uchun jamoat transporti bepul bo‘ladi | Zamon.uz