Test sinovlari 14–28 iyul kunlari o‘tkazilishi kutilmoqda
Ballar imtihon kuni yoki uning ertasiga chiqadi.

Rejaga ko‘ra, 1–25 iyul kunlari ijodiy imtihonlar o‘tkaziladi. Abituriyentlar ijodiy imtihonda to‘plagan balini o‘sha kunning o‘zida, testda to‘plagan balini ertasiga bilishi mumkin.
Ijodiy imtihon va test sinovlari to‘liq yakunlangandan so‘ng, ro‘yxatdan o‘tishning ikkinchi bosqichida abituriyentlar 15 kun davomida test ballaridan kelib chiqib, 5 tagacha yo‘nalishni, taʼlim shaklini (kunduzgi, kechki, sirtqi), tanlov ustuvorligini tanlaydi.
Shundan so‘ng mandat chiqadi. Yiqilganlarga esa kollej yoki texnikumga kirishga imkoniyat beriladi.







