O‘zbekistonda maishiy chiqindilardan elektr energiyasi ishlab chiqariladi
Loyiha Andijon viloyatida amalga oshirilmoqda.

O‘zbekistonda maishiy chiqindilardan olingan gazdan elektr energiyasini ishlab chiqarish boshlanadi. Bu haqida Andijon viloyati Ekologiya boshqarmasi xabar qildi. Prezidentning “2018-2019 yillarda investitsiya va infratuzilma loyihalarini amalga oshirishni tezlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida shu nazarda tutilgan.
Andijondagi bu loyiha Xitoying Clean Water and Blue Sky kompaniyasi tomonidan amalga oshirilmoqda. U 250 million dollarlik to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni yo‘naltirish rejalashtirilmoqda.
Ishlab chiqarish Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumanida 30 gektar yer maydoni joylashadi.







