Toshkentda Spark Skuterdagi haydovchini urib yubordi
Holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.

Kecha, 26 iyun kuni Toshkent shahrining Yunusobod tumanida Spark va Skuter ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi.
Holat soat 18:30 larda Yunusobod tumani Amir Temur ko‘chasida sodir bo‘lgan. 1990 yilda tug‘ilgan B.I. Spark rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, bir yo‘nalishda harakatlanib ketayotgan haydovchi — 2000-yilda tug‘ilgan B.A. boshqaruvidagi Skuter mototransport vositasi bilan to‘qnashuv sodir etgan.
Hodisa oqibatida Skuter haydovchisi tan jarohat olib shifoxonaga yotqizilgan. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.







