Anomal issiq sabab poyezdlar harakatiga cheklovlar o‘rnatilmoqda
Bundan tashqari, harakat tezligiga cheklovlar o‘rnatilgan poyezdlarda sovitish tizimining ishlash quvvati pasayishi mumkin.

"O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi" yo‘lovchilar va poyezdlar harakat xavfsizligini taʼminlash maqsadida poyezdlar harakat tezligiga cheklovlar o‘rnatilishini maʼlum qildi.
Taʼkidlanishicha, havo harorati ko‘tarilishi natijasida yerusti temiryo‘llarining relslari hamda ularning po‘lat qismlarida harorat juda yuqori bo‘ladi. Shu bois poyezdlar harakat tezligiga cheklovlar o‘rnatiladi. Buning natijasida poyezdlar harakat jadvalidan kechikib harakatlanishi mumkin.
Kompaniya ob-havo sharoiti tufayli yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noqulayliklar uchun uzr so‘ragan.







