O'zbekiston

“Biznesni rivojlantirish banki” bir fuqaro uchun 2 ta ipoteka krediti olish imkonini bermoqda

Bankning ipotekali kreditlash siyosati va bu yo‘nalishda ko‘rsatilayotgan xizmatlar haqida jamoatchilikka axborot berildi.

“Biznesni rivojlantirish banki” bir fuqaro uchun 2 ta ipoteka krediti olish imkonini bermoqda

Bugun, 28 iyun kuni O‘zbekiston Milliy matbuot markazida “Biznesni rivojlantirish banki” ATB tomonidan aholiga ajratilayotgan ipoteka kreditlari va ularning amaliy samaralari” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda bank Boshqaruvi rahbariyati va bankning tegishli tarkibiy tuzilmalari masʼul xodimlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

 

Tadbirda “Biznesni rivojlantirish banki”ning ipotekali kreditlash siyosati va bu yo‘nalishda ko‘rsatilayotgan xizmatlar haqida jamoatchilikka axborot berildi.

 

 

Hozirgi kunda bank tomonidan aholining uy-joy xarid qilish bilan bog‘liq ehtiyojlarini taʼminlash maqsadida bir nechta  yo‘nalishlarda ipoteka kreditlari ajratilmoqda.

 

Xususan, yangi tartib asosida birlamchi uy-joy bozorida kvartira xarid qilish uchun joriy yil boshidan ko‘plab mijozlarga xizmatlar ko‘rsatildi.

 

Qayd etilishicha, 2024 yil 1 iyun holatiga bank tomonidan Iqtisodiyot va moliya vazirligidan jami 4 trln. 661 mlrd. so‘m jalb qilindi va birlamchi bozorda qurilgan ko‘p kvartirali uy-joylardagi kvartiralarni sotib olish, uy-joy qurish (rekonstruksiya qilish) uchun 20 816 nafar fuqarolarga jami 4 trln. 690  mlrd. so‘m miqdorida, 2024 yil yanvar-may oylari davomida 583 nafar fuqarolarga 157 mlrd 100 mln. so‘m miqdorida ipoteka kreditlari ajratildi.

 

Shu jumladan, jami 10 523 nafar fuqarolarga ajratilgan 2 trln. 466 mlrd. 500 mln. so‘mlik ipoteka kreditlari bo‘yicha, 2024 yil yanvar-may oylari davomida 273 nafar fuqarolarga ajratilgan 76 mlrd. 800 mln. so‘mlik ipoteka kreditlari bo‘yicha Davlat byudjetidan boshlang‘ich badal va/yoki foiz to‘lovlari uchun subsidiya mablag‘lari to‘lanmoqda.

 

 

Shu bilan birga, “O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi”AJ mablag‘lari hisobidan ipoteka kreditlari ham ajratilmoqda.  Bu boradagi Bosh bitimga muvofiq 2024 yil 1 iyun holatiga “O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi” AJ va bankning o‘z mablag‘lari hisobidan aholiga birlamchi, ikkilamchi bozordan uy-joy sotib olish va uy-joylarni taʼmirlash uchun 1 329 nafar fuqarolarga 283 mlrd 74 mln so‘mlik ipoteka kreditlari ajratildi.

 

Tadbirda yakka tartibdagi uy-joy qurish va rekonstruksiya qilish uchun ipoteka kreditlari ham ajratilayotgani maʼlum qilindi.

 

 

Bugungi kunga qadar, bank tomonidan 1 353 nafar fuqarolarga uy-joyni  qurish, rekonstruksiya qilish uchun jami 295 mlrd. 200 mln. so‘mlik kredit shartnomalari doirasida 259 mlrd. 100 mln. so‘m miqdorida ipoteka kreditlari ajratilgan.

 

Tadbirda jurnalistlarga ipotekali kreditlash yo‘nalishida 2024 yil oxirigacha belgilangan rejalar va prognoz ko‘rsatkichlar bo‘yicha ham maʼlumot berildi.

 

Jurnalistlar mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar va bank faoliyatining kelgusidagi ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha muhim maʼlumotlarga ega bo‘ldilar.

 

 

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

“Biznesni rivojlantirish banki” bir fuqaro uchun 2 ta ipoteka krediti olish imkonini bermoqda | Zamon.uz