Buxorodagi bog‘chada bola kaltaklangani aytildi
Holatga Bolalar ombudsmani munosabat bildirdi.

Ijtimoiy tarmoqda Buxoro viloyatining Olot tumanidagi bog‘chada bolaga jarohat yetkazilganligi aytilgan video tarqaldi.
Aniqlanishicha, 24 iyun kuni Olot tumani tibbiyot birlashmasining navbatchi shifokori G.H. IIB ga xabar berib, maktabgacha taʼlim muassasasi tarbiyalanuvchisi A.Yu. tan jarohati bilan olib kelinganligini bildirgan.
Tergovga qadar tekshiruvda 24 iyun kuni mazkur bog‘chada bo‘lgan A.Yu. boshqa bola A.S. bilan urishgani, shu sababli A.S. ning otasi X.F. A.Yu.ni yuziga urib, jarohat yetkazgani maʼlum bo‘lgan.
Hozirda bolaga yetkazilgan jarohatning darajasini aniqlash yuzasidan sud-tibbiy ekspertiza tayinlangan. Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv davom etmoqda.







