Nogironligi bo‘lgan yoshlarga chet tilidan imtihon topshirish yengillashadi
Bu haqida Prezident boshchiligidagi yig‘ilishda aytib o‘tildi.

Endilikda chet tili bo‘yicha milliy sertifikat (CEFR) olishda qo‘lda yozish imkoniyati bo‘lmaganlarga kompyuterda imtihon topshirish sharoiti yaratiladi.
Yoshlar xalqaro olimpiadalarni nazariy qismida har doim yuqori natijalarga erishadi. Lekin, laboratoriya mashqlarini bajarishda amaliy ko‘nikmalar kam bo‘lgani uchun pastroq ball olyapti.
Endi Prezident maktablari agentligi qoshida “Olimpiadalarga tayyorlash markazi” ochilib, maxsus laboratoriyalar bilan jihozlanadi. Xalqaro olimpiadada qatnashuvchi terma jamoa reja asosida ushbu markazda tayyorgarlik ko‘radi.







