Xorijiy tilni С1 darajada biladigan talabalarga ishlashga ruxsat etiladi
Yoshlar ishlari agentligiga qo‘shimcha funksiyalar yuklandi.

Qarorga muvofiq, 2024-yil 1-oktabrdan:
🔸Yoshlar ishlari agentligi har yili xususiy o‘quv markazlarining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri kesimidagi reytingini tuzadi hamda rasmiy veb-saytida eʼlon qilib boradi;
🔸reyting natijalariga ko‘ra olis va chekka hududlarda faoliyat ko‘rsatuvchi eng yuqori ko‘rsatkichga ega 100 ta xususiy o‘quv markazining taʼlim jarayonida foydalanadigan bino va inshootlar uchun ijara to‘lovi xarajatlarining bir qismi kompensatsiya qilinadi.
🗓 2024–2026 yillarda oliy taʼlim tashkilotlarining xorijiy til filologiyasi taʼlim yo‘nalishi bo‘yicha 3 va 4-kursda tahsil olayotgan hamda kamida С1 darajadagi sertifikatga ega talabalariga umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional taʼlim tashkilotlarida o‘qituvchi sifatida mehnat faoliyatini amalga oshirishiga ruxsat etiladi.
🔍 2024/2025 o‘quv yilidan ota-onalar va o‘quvchilar talabidan kelib chiqib, ixtisoslashtirilgan maktablar va kasb-hunar maktablarida chet tili sifatida nemis, fransuz, koreys, xitoy va yapon tillarini o‘qitishni yo‘lga qo‘yiladi.
📘2025 yil 1 yanvargacha ingliz tili, keyingi yillarda boshqa xorijiy tillar va zamonaviy kasblarni o‘rgatish bo‘yicha dunyoning yetakchi markazlari, oliy taʼlim tashkilotlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yiladi hamda ularning xalqaro taʼlim standartlariga mos taʼlim dasturlari “Ibrat farzandlari” va “Ustoz” loyihalariga tatbiq etiladi.







