Jizzaxda maqom bo‘yicha ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi
“Mazkur anjuman xalqaro hamkorlik imkoniyatlarini kengaytirish, yangi g‘oya va loyihalarning boshlanishiga turtki beradi”, dedi unda ishtirok etgan madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov.

Kecha, 28–iyun kuni Jizzax viloyatining Zomin tumanida YUNESKO va AYSESKO shafeligi ostida o‘tkazilayotgan II Xalqaro maqom sanʼati anjumani doirasida “Maqom sanʼatining nazariy va amaliy asoslari: muammo va yechimlar” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazardekov, Turkiy Parlament Assambleyasi raisi Mehmet Sureyya Er Janoblari hamda 30 dan ortiq davlatdan 70 nafardan ziyod olimlar ishtirok etdi.

“Ishonchimiz komilki, xalqaro festival doirasida o‘tkazilayotgan mazkur ilmiy-amaliy anjuman doirasida milliy musiqa sanʼatiga oid alohida mavzular bo‘yicha tashkil qilinayotgan bahs-munozara maydonlari, ilmiy-amaliy va o‘zaro tajriba almashish, istiqbol va manfaatli rejalar ishlab chiqish, xalqaro hamkorlik imkoniyatlarini kengaytirish, yangi g‘oya va loyihalarning boshlanishiga turtki beradi, deb o‘ylayman.
Mamlakatimizning go‘zal manzillaridan biri – Jizzax viloyatining Zomin tumanida bo‘lib o‘tayotgan ushbu o‘ziga xos sanʼat bayrami doirasida o‘tkazilayotgan “Maqom sanʼatinıng nazarıY va amaliy asoslari: muammo va yechimlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amalıY konferensiya ishtirokchilarini yana bir bor chin qalbimdan tabriklayman. Sizlarga va konferensiya ishiga muvaffaqiyat tilayman”, - dedi vazir Ozodbek Nazarbekov.
Bugun, 29 iyun kuni Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘z ishini davom ettirib, olimlar maqom sanʼatiga doir o‘z maʼruzalari bilan ishtirok etishdi.
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya yakunida barcha ishtirokchilarga O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazardekov tomonidan sertifikatlar taqdim etildi.







