Andijonda fuqaro bir guruh shaxslar tomonidan do‘pposlandi
Holat bo‘yicha rasmiy munosabat bildirildi.

Ijtimoiy tarmoqda Andijonda bir necha shaxslar bir kishini temir jism bilan urib, tan jarohati yetkazgani aytilgan video tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat IIB maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, mazkur holat bo‘yicha jinoyat sodir etishda gumonlanayotgan barcha shaxslar qo‘lga olingan. Ularga nisbatan Xo‘jaobod tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan JKning 105-modda 2-qismi “i” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.







