Lifestyle

Pavel Durov O‘zbekiston haqida taassurotlari bilan bo‘lishdi

“Samimiy mehmondo‘stlik uchun minnatdorman”, degan u o‘z rasmiy kanalida.

Pavel Durov O‘zbekiston haqida taassurotlari bilan bo‘lishdi

Telegram asoschisi Pavel Durov O‘zbekistonga uyushtirgan safari haqida ilk marta post yozib, obunachilari bilan taassurotlarini bo‘lishdi.

 

“O‘zbekistonga safarim chog‘ida tez rivojlanayotgan Toshkentning zamonaviy infratuzilmasi, Sharqiy O‘zbekistonning tog‘li landshaftlari, Buxoro va Samarqandning boy tarixi meni hayratda qoldirdi”, deya post yozdi u o‘z Telegram kanalida.

 

Shuningdek, Durov samimiy mehmondo‘stlik uchun minnatdorchilik bildirib, yil davomida yana Toshkentga tashrif buyurishi mumkinligiga ishora qilgan.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"