Jahon

AQSh Eronga qarshi keng ko‘lamli hujumlarni rejalashtirmoqda — NYT

Isroil AQShdan Eronga 4–7 kunlik havo hujumlarida ishtirok etishni so‘ramoqda.

AQSh Eronga qarshi keng ko‘lamli hujumlarni rejalashtirmoqda — NYT

 

AQSh prezidenti Donald Tramp Eronga qarshi keng ko‘lamli harbiy hujumlar uyushtirish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda, biroq hozircha yakuniy qaror qabul qilmagan. Bu haqda The New York Times (NYT) xabar berdi.

 

Gazeta manbalariga ko‘ra, Tramp yangi razvedka ma’lumotlari va mintaqada AQShning muhim harbiy kuchlari mavjudligini hisobga olmoqda. Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu esa AQShdan 4–7 kun davom etishi mumkin bo‘lgan havo hujumlarida ishtirok etishni so‘ramoqda.

 

Shu bilan birga, Isroilning yuqori lavozimli rasmiysi Netanyaxu Trampga bosim o‘tkazayotgani haqidagi xabarlarni rad etdi. AQSh ma’muriyatida esa razvedka ma’lumotlarining ishonchliligi va ehtimoliy yangi hujumlarning maqsadga muvofiqligi yuzasidan kelishmovchiliklar mavjud.

 

Isroil Eron raketa va dron zaxiralarini tiklayotgani, shuningdek, kimyoviy va biologik qurollar ishlab chiqayotgani haqida ogohlantirmoqda. NYT manbalariga ko‘ra, AQSh razvedkasi ham Eron harbiy salohiyati oshib borayotganini ko‘rsatuvchi belgilarni qayd etgan. Biroq, Tehron hozircha birinchi bo‘lib hujum qilishdan ko‘ra, AQSh va Isroilning keng ko‘lamli zarbalarini to‘xtatishga urinayotgani aytilmoqda.

 

NYT xabariga ko‘ra, AQSh harbiylari ehtimoliy nishonlar sifatida Eronning raketa va dron arsenallari, energetika obyektlari hamda Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining qo‘mondonlik punktlarini belgilagan.

 

Tramp hozircha Eron energetika obyektlariga keng ko‘lamli zarbalar berishga rozilik bildirmagan. Bunday hujumlar biznes va tinch aholini elektr ta’minotidan mahrum qilishi mumkin.

 

Ehtimoliy harbiy harakatlar qayta boshlanishi oldidan AQSh mintaqadagi ayrim obyektlardan xodimlarini olib chiqdi. Pentagon esa barcha variantlar ko‘rib chiqilayotganini ma’lum qildi.

Armaniston–Ozarbayjon tinchligi va iste’fo: Pashinyan kelajakdagi rejalari haqida gapirdi

Armaniston–Ozarbayjon tinchligi va iste’fo: Pashinyan kelajakdagi rejalari haqida gapirdi

Armaniston bosh vaziri Ozarbayjon bilan tinchlik o‘rnatilgach, o‘z missiyasini bajarilgan deb hisoblashini aytdi.

30 yilda 900 mingdan ortiq inson halok bo‘ldi: ekstremal ob-havo oqibatlari hisoblandi

30 yilda 900 mingdan ortiq inson halok bo‘ldi: ekstremal ob-havo oqibatlari hisoblandi

Tabiiy ofatlar global iqtisodiyotga 4,7 trillion dollar zarar yetkazgan.

Migrantlar uchun patent narxi oshadi: 2027-yildan qancha to‘lash kerak bo‘ladi?

Migrantlar uchun patent narxi oshadi: 2027-yildan qancha to‘lash kerak bo‘ladi?

Sankt-Peterburgda migrantlar patenti uchun mintaqaviy koeffitsient 3,05 gacha oshiriladi.

Rossiya va Ukraina o‘zaro zarbalarni davom ettirmoqda: neft zavodlari va turar joylar nishonga olindi

Rossiya va Ukraina o‘zaro zarbalarni davom ettirmoqda: neft zavodlari va turar joylar nishonga olindi

Ukraina zarbalar Rossiya armiyasini yoqilg‘i bilan ta’minlaydigan korxonalarga qaratilganini bildirdi. Rossiyaning Odessaga hujumi oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi.

Yamanda janglar kuchaydi: Saudiya koalitsiyasi husiylarning 60 ta obyektiga zarba berdi

Yamanda janglar kuchaydi: Saudiya koalitsiyasi husiylarning 60 ta obyektiga zarba berdi

Mamlakatning Taiz viloyatida hukumat kuchlari va husiylar o‘rtasida shiddatli janglar davom etmoqda.

Tailandda toza suv muammosi: bunga Myanmadagi konlar sabab bo‘lmoqda

Tailandda toza suv muammosi: bunga Myanmadagi konlar sabab bo‘lmoqda

Tailandning Myanma bilan chegaradosh hududida suv manbalarida mishyak miqdori belgilangan me’yordan 25–30 baravar yuqori ekani aniqlandi.

Toshkentdagi Umra mojarosi: Qirg‘iziston fuqarolariga qo‘shni davlatlar orqali safar qilmaslik aytildi

Toshkentdagi Umra mojarosi: Qirg‘iziston fuqarolariga qo‘shni davlatlar orqali safar qilmaslik aytildi

12-noyabrdan beri 104 nafar qirg‘izistonlik ziyoratchi Toshkentda qolib ketgan.

Dunyoda 240 millionga yaqin o‘smir yetarlicha jismoniy faol emas — JSST

Dunyoda 240 millionga yaqin o‘smir yetarlicha jismoniy faol emas — JSST

Ularning atigi 14 foizi haftaning barcha kunlarida kamida bir soatdan faol harakat qiladi.