O'zbekiston

Suv avtomatlarini buzib, pulini o‘g‘irlashdi: olti nafar gumonlanuvchi ushlandi

Toshkentda ko‘chalardagi ichimlik suvi sotadigan avtomatlardagi pullarni o‘g‘irlash holatlari aks etgan videolar tarqaldi.

Suv avtomatlarini buzib, pulini o‘g‘irlashdi: olti nafar gumonlanuvchi ushlandi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda noma’lum shaxslarning ko‘chalarga o‘rnatilgan filtrlangan ichimlik suvi sotish avtomatlarini buzib, ichidagi pullarni o‘g‘irlayotgani aks etgan videolar tarqaldi.

 

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, holatlar poytaxtning Uchtepa va Yunusobod tumanlarida sodir etilgan.

 

Ko‘rilgan tezkor-qidiruv choralari natijasida mazkur jinoyatlarni sodir etishda gumonlangan olti nafar fuqaroning shaxsi aniqlanib, ular ushlangan. Ular 2004, 2007, 2008, 2010 va 2011-yillarda tug‘ilgan shaxslardir.

 

Mazkur holat yuzasidan Uchtepa tumani IIO FMB Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Hozirda gumonlanuvchilarning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi ham tekshirilmoqda. Tergov yakunlariga ko‘ra qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi.

Filtrlar o‘rnatilmagan, chiqindilar nazorat qilinmagan: Toshkentdagi korxonada qoidabuzarliklar aniqlandi

Filtrlar o‘rnatilmagan, chiqindilar nazorat qilinmagan: Toshkentdagi korxonada qoidabuzarliklar aniqlandi

Hozirda korxona faoliyatini vaqtincha to‘xtatib turish masalasida sudga murojaat qilish uchun hujjatlar tayyorlanmoqda.

27 ta konsert reklamasi bo‘yicha ogohlantirish berildi: ijro shakli ko‘rsatilmagan

27 ta konsert reklamasi bo‘yicha ogohlantirish berildi: ijro shakli ko‘rsatilmagan

Konsert-tomosha tadbirlarida fonogrammadan foydalanish haqida axborot berilishi shart.

Tojikistonda elektr uzatish ustuni quladi: Farg‘ona vodiysining ayrim joylarida elektr cheklanadi

Tojikistonda elektr uzatish ustuni quladi: Farg‘ona vodiysining ayrim joylarida elektr cheklanadi

Noqulay ob-havo elektr uzatish tarmog‘i tayanchlaridan birining qulashiga sabab bo‘ldi.

“To‘yimni to‘xtatish bilan tahdid qilishdi”: Toshkentda tovlamachilik bilan shug‘ullangan guruh qo‘lga olindi

“To‘yimni to‘xtatish bilan tahdid qilishdi”: Toshkentda tovlamachilik bilan shug‘ullangan guruh qo‘lga olindi

Guruh a’zolari ikki fuqaro o‘rtasidagi qarz munosabatiga aralashib, 11 ming dollarni zo‘ravonlik bilan qo‘lga kiritgani aytilmoqda.

Banknotlardagi yozuvlar davlat tilida bo‘lishi shart: pul belgilariga oid yangi talablar

Banknotlardagi yozuvlar davlat tilida bo‘lishi shart: pul belgilariga oid yangi talablar

O‘zbekistonda pul belgilaridagi yozuvlar davlat tilida, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida yozilishi belgilandi.

Korrupsiyaga qarshi tekshiruvlar: 1 500 nafardan ortiq xodim ishdan bo‘shatildi

Korrupsiyaga qarshi tekshiruvlar: 1 500 nafardan ortiq xodim ishdan bo‘shatildi

O‘zbekistonda 10 oy davomida 5 368 ta xizmat tekshiruvi o‘tkazilgan.

3,75 ming dollar evaziga Umra va’dasi: Samarqandda firma rahbari ushlandi

3,75 ming dollar evaziga Umra va’dasi: Samarqandda firma rahbari ushlandi

U ziyoratiga borishni istagan uch nafar fuqaroning ishonchiga kirib, barcha zarur sharoitlarni yaratib berishni va’da qilgan.

Namangan iqtisodiyotini 9,5 foizga o‘stirish imkoniyati bor: investitsiyalar 7–8 mlrd dollarga yetishi mumkin

Namangan iqtisodiyotini 9,5 foizga o‘stirish imkoniyati bor: investitsiyalar 7–8 mlrd dollarga yetishi mumkin

Namangan viloyatida umumiy qiymati 5,4 mlrd dollarlik yangi investitsiya takliflari shakllantirildi.