Qo‘qonda erkak fuqarolarga to‘pponcha o‘qtalib video oldi
Holatga viloyat IIB rasmiy munosabat bildirdi.

Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida erkak fuqarolarga to‘pponcha o‘qtalib, buni videoga oldi.
Maʼlum qilinishicha, fuqaro Qo‘qon shahrida joylashgan klublarning birini reklama qilish maqsadida soxta to‘pponcha bilan fuqarolarga o‘qtalgan va buni videoga olgan. Video ijtimoiy tarmoqlarga joylangach, ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lgan.
“Ichki ishlar xodimlari meni chaqirdi. Qilgan ishimdan pushaymonman. Boshqa qing‘ir ishlar bajarmayman, uzr so‘rayman”, — deydi u.
Sud hukmiga asosan u besh sutkaga qamaldi.







