O'zbekiston

Antoniu Guterrish Yuqori Chirchiqqa bordi

BMT Bosh kotibi quyosh fotoelektr stansiyasi faoliyati bilan tanishdi.

Antoniu Guterrish Yuqori Chirchiqqa bordi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish Yuqori Chirchiq tumanidagi quvvati 200 megavatt bo‘lgan “ACVA POWER RIVERSIDE SOLAR” quyosh fotoelektr stansiyasi faoliyati bilan tanishdi.

 

Dastlab oliy martabali mehmonga 2030 yilgacha O‘zbekistonda yashil energetikani rivojlantirish strategiyasi, muqobil energiya ishlab chiqarish sohasida quvvatlarni yaratish dasturi haqida taqdimot qilindi.

 

Jumladan, Saudiya Arabistonining “ACVA Power” kompaniyasi tomonidan Toshkent viloyatida qiymati 400 million dollarlik, 200 megavatt quvvatiga ega bo‘lgan loyiha amalga oshirildi. Buning uchun 460 gektar yer maydoni ajratilgan. Hozirgi kunda 150 megavatt elektr energiyasi ishlab chiqarilmoqda. Bundan tashqari, keyinchalik Parkent tumanida 500 megavatt elektr energiyasini saqlash tizimi ishga tushiriladi.  

 

Mazkur saʼy-harakatlar natijasida 130 million kub metr tabiiy gaz tejalishiga erishilib, atmosferaga 180 ming tonna zararli gazlar chiqishining oldi olinadi.

 

Asosiy maqsad aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini energiya resurslari bilan barqaror taʼminlash, elektr energiyasi ishlab chiqarishda tabiiy gazdan foydalanishni kamaytirish hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish ko‘lamini kengaytirishdir.

 

BMT Bosh kotibi mamlakatda quyosh va shamol energetikasini rivojlantirish uchun ulkan salohiyat mavjudligini aytib o‘tdi. Bu borada amalga oshirilayotgan saʼy-harakatlar iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish sohasidagi maqsad va vazifalarga erishishga xizmat qilishi taʼkidlandi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Antoniu Guterrish Yuqori Chirchiqqa bordi | Zamon.uz