O'zbekiston

Chirchiqda ayol o‘zini yoqib yubormoqchi bo‘ldi

Holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.

Chirchiqda ayol o‘zini yoqib yubormoqchi bo‘ldi

Ijtimoiy tarmoqda Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida sotuvchi ayol o‘zini yoqib yubormoqchi bo‘lgani aytilgan video tarqaldi. Holat yuzasidan shahar hokimligi munosabat bildirdi.

 

Qayd etilishicha, videoyozuvdagi shaxs joriy yilning taxminan 10 iyun kunlari savdo qoidalarini buzayotganligi sababli Chirchiq shahar DSI xodimlari tomonidan berilgan ogohlantirishlariga nisbatan o‘zining norozilik harakatlarini shu kabi namoyish qilish orqali bildirishga uringan.

 

Taʼkidlanishicha, 28 iyun kuni mazkur shaxs qayta ogohlantirishlarga qaramay, bozor hududida emas, balki sotuv uchun belgilanmagan joyda noqonuniy savdo qilayotgan vaqtda ishchi guruh tomonidan tushuntirish ishlari olib borilgan. Ushbu jarayonda fuqaro M.K. ishchi guruh xodimlariga provokatsiya ko‘rinishidagi salbiy xatti-harakatlarni yuzaga keltirishga uringan.

 

Ushbu jarayon davomida tan jarohati olganlar yo‘q. Mazkur holat yuzasidan hozirda fuqaro M.K.ga nisbatan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, qo‘shimcha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Chirchiqda ayol o‘zini yoqib yubormoqchi bo‘ldi | Zamon.uz