Internetda “hunar ko‘rsatgan” yigitlar javobgarlikka tortildi
Ular zo‘ravonlikni targ‘ib qiluvchi video tayyorlab tarqatishgan.

Ijtimoiy tarmoqda farg‘onalik yigitlarning zo‘ravonlikni targ‘ib qiluvchi videosi tarqalmoqda. Unda bir yigit ko‘chada bir qizni ko‘rib yoqtirib qoladi va tog‘ga birga chiqib kelishni taklif etadi. Qiz buni rad etgach, uni qabr qazib ko‘mib yuborish bilan qo‘rqitadi. Shundan so‘ng qiz uning taklifiga rozi bo‘ladi.
Maʼlum bo‘lishicha, 1994 yilda Quva tumanida tug‘ilgan yigit o‘zining instagram sahifasida “Shoqollar” nomi ostida zo‘ravonlikni targ‘ib qiluvchi mana shunday videolarni joylashtirgan.
Hozirda mazkur shaxsga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddasi bilan hujjatlar rasmiylashtirilib, tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.







