Jizzaxda haydovchi yo‘lovchini ehtiyotsizlik sabab o‘ldirib qo‘ydi
Ular dala maydonida birga spirtli ichimlik ichgan.

Holat Zomin tumani Peshag‘or mahallasida sodir bo‘lgan. Taksistlik bilan shug‘ullangan haydovchi o‘ziga tegishli bo‘lgan Nexia avtomobilida qarz undirish tashvishida yurgan tanishini manziliga olib borgan. Bu orada mashinaga yana bir hamqishlog‘i o‘tirgan.
Ular spirtli ichimlik ichib, ziyofat uchun dala maydonini tanlagan. Haydovchi kimdir bilan telefonda gaplashib, jahl ustida mashinani orqaga haydagan. Aynan o‘sha paytda mashinaning orqasida yotgan yo‘lovchilardan birining boshi jarohatlangan. Haydovchi bu xatti-harakatidan qo‘rqib ketib, yo‘lovchini tashlab ketishga qaror qilgan.
Sud majlisida haydovchi eʼtiborsizligi sabab bir inson hayotiga zomin bo‘lganligini, unga tibbiy yordam yordam ko‘rsatish choralarini ko‘rmaganligini tan olib, kechirim so‘ragan.
Sudlanuvchi 3 yil barcha turdagi transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum qilinib, 3 yilu 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.







