Toshkentdsa Matiz va skuter avariyaga uchradi
Holat bo‘yicha rasmiy maʼlumot berildi.

Kecha, 1 iyul kuni Toshkent shahrining Mirobod tumanida Matiz va elektroskuter ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi.
Hodisa soat 23:30 larda Mirobod tumani Farg‘ona yo‘li ko‘chasida sodir bo‘lgan. 2002 yilda tug‘ilgan haydovchi Matiz rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, bir yo‘nalishda harakatlanib ketayotgan elektroskuter transport vositasi bilan to‘qnashgan.
YTH oqibatida skuter haydovchisi tan jarohat olgan. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.







