O'zbekiston

Buxoroda to‘yi bo‘lgan voyaga yetmagan kelin-kuyovlarning ota-onasi jazolanadi

Bolalar ombdusmani ushbu holat yuzasidan munosabat bildirdi.

Buxoroda to‘yi bo‘lgan voyaga yetmagan kelin-kuyovlarning ota-onasi jazolanadi

Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoroda voyaga yetmaganlarning to‘y marosimi aks etgan video tarqaldi.

 

Holat Bolalar ombudsmani tomonidan alohida kuzatuvga olindi. 

 

O‘rganish davomida aniqlanishicha, 2008 yilda Shofirkon tumanida tug‘ilgan A.A. (o‘g‘il bola) 2007 yilda Qorako‘l tumanida tug‘ilgan R.N. (qiz bola) ning o‘rtasida ikkala voyaga yetmaganning oilalari o‘zaro kelishuvi asosida joriy yilning 29 iyun kuni nikoh to‘yi bo‘lib o‘tgan.

 

Mazkur holat yuzasidan Qorakul tuman IIB huzuridagi tergov guruhi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borildi.

 

Bugun, 2-iyul kuni voyaga yetmaganlarning ota-onalari N.S. va N.Q. larni MJtKning 47-3 moddasi (Nikoh yoshi to‘g‘risidagi qonunchilikni yoki nikoh tuzish tartibini buzish) bilan maʼmuriy javobgarlikka tortish yuzasidan hujjatlar sudga yuborildi.

 

Eslatib o‘tamiz, Oila kodeksining 15-moddasiga asosan, nikoh yoshi erkaklar va ayollar uchun 18 yosh etib belgilangan. Bu qonuniy talabning buzilishi bolaning taʼlim olish, sog‘lig‘ini saqlash hamda jismoniy, aqliy va maʼnaviy uyg‘un ravishda kamol topishi huquqlariga mutlaqo ziddir.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Buxoroda to‘yi bo‘lgan voyaga yetmagan kelin-kuyovlarning ota-onasi jazolanadi | Zamon.uz