O'zbekiston

Endi yo‘llar alohida ruxsatnoma asosida quriladi va taʼmirlanadi

Bu bo‘yicha Prezident qarori qabul qilindi.

Endi yo‘llar alohida ruxsatnoma asosida quriladi va taʼmirlanadi

"Yo‘llar va yo‘l infratuzilmasining yaxshi holatda saqlanishini taʼminlash hamda hududlarni obodonlashtirish bo‘yicha amaldagi mexanizmlarni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Prezident qaroriga ko‘ra, 2024 yil 1-sentabrdan quyidagi tartiblar joriy etiladi:

 

·  jismoniy shaxslar va mulkchilik shaklidan qatʼi nazar har qanday yuridik shaxs tomonidan yo‘llar, trotuarlar va boshqa yo‘l infratuzilmasi obyektlarida qurilish ishlarini olib borish, yo‘l obyektini har qanday ko‘rinishda taʼmirlash, buzish, qazish, o‘zgartirish yoki rekonstruksiya qilish faqatgina tegishli ruxsatnoma olingandan so‘ng amalga oshiriladi;

 

·  ruxsatnomani rasmiylashtirish va berish bo‘yicha davlat xizmatlari Davlat xizmatlari markazlari hamda YAIDXP (my.gov.uz) orqali 5 kun muddatda ko‘rsatiladi;

 

·  ruxsatnoma yo‘l obyektini balansida saqlovchi viloyat yoki tuman (shahar) hokimliklari yoxud boshqa tashkilotlar tomonidan, kommunikatsiya tarmoqlaridagi avariya bilan bog‘liq yoki boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan holatlarda esa tuman (shahar) hokimligi tomonidan beriladi;

 

·  ruxsatnomada yo‘l obyektida qurilish va taʼmirlash ishlarini amalga oshirish huquqi berilgan shaxs, qurilish va taʼmirlash ishlarini amalga oshirishning maqsadi va muddati, ruxsatnomaning haqiqiyligini tekshirish imkonini beruvchi QR-kod, shuningdek, ushbu muddat ichida yo‘l obyektining avvalgi holatini tiklamaslik tegishli maʼmuriy va fuqaroviy javobgarlikka sabab bo‘lishi haqida ogohlantirish ko‘rsatiladi;

 

·  yo‘l obyektida qurilish va taʼmirlash ishlarini amalga oshirish vaqtida ruxsatnoma hamma uchun ko‘rinadigan joyga ilib qo‘yilishi yoki har qanday shaxsning birinchi talabiga ko‘ra taqdim etilishi shart hisoblanadi;

 

·  ruxsatnoma olmasdan turib yo‘l obyektida qurilish va taʼmirlash ishlarini amalga oshirish, qurilish va taʼmirlash ishlari maydonida belgilangan tartibda ruxsatnomani ilib qo‘ymaslik yoki taqdim etmaslik, qurilish va taʼmirlash ishlari amalga oshirilayotgan joyda xavfsizlik choralarini ko‘rmaslik, shuningdek, qurilish va taʼmirlash ishlari yakunlangandan so‘ng yo‘l obyektining avvalgi holatini tiklash bo‘yicha majburiyatni bajarmaslik qonunchilikka muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.

custom img

Suv xo‘jaligida sog‘lom va zamonaviy boshqaruv tizimi joriy etilmoqda

Yangi tizim doirasida suv infratuzilmasi loyihalari yagona elektron platformaga o‘tkaziladi.

custom img

Namanganda daryoda cho‘kib ketgan bir nafar fuqaroning jasadi topildi

Joriy mavsum davomida cho‘milish taqiqlangan hududlarda suvga tushish oqibatida bir necha kishi halok bo‘lgan.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘ladi

Davlat rahbari Ostona shahrida “Kelajak o‘yinlari” uchinchi xalqaro musobaqasining tantanali ochilish marosimida ishtirok etadi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni sog‘liqni saqlash vazirini qabul qildi

O‘zbekiston Prezidenti Saudiya Arabistoni bilan ustuvor loyihalarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildi.

custom img

Kapital bozori isloh qilinadi: Qonunchilik palatasi yangi qonun loyihasini ma’qulladi

Hujjat kapital bozorini xalqaro standartlar asosida rivojlantirish, yangi moliyaviy vositalarni joriy etish hamda investorlar huquqlarini kuchaytirishni nazarda tutadi.

custom img

Janubiy Koreyaga ishga yuborishdagi 90 mln dollarlik ish bo‘yicha sud boshlanadi

Jinoyat ishi doirasida to‘rt nafar shaxsga nisbatan bir qator og‘ir moddalar bilan ayblov e’lon qilingan.

custom img

Qariyb 600 million so‘m yutuqqa ega “Yil o‘qituvchisi” tanlovining final sinovlari o‘tkazilmoqda

Mazkur tanlovda Respublikaning 208 ta hududida faoliyat olib borayotgan jami 416 nafar pedagog ishtirok etmoqda.

custom img

Bo'kada bedarak yo‘qolgan erkak o‘lik holda topildi

Hozirda marhumning o‘lim sababini aniqlash uchun sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"