O‘qishga kiritishni vaʼda qilgan firibgarlar ushlandi
Hozirda ularga nisbatan 2 ta modda bilan jinoiy ish ochilgan.

Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida fuqaro I.T. fuqaro N.A.ning ishonchiga kirib, uni go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida Jismoniy tarbiya va sport universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga 3 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shuningdek, Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on shahrida fuqaro S.E. fuqaro H.T.ning ishonchiga kirib, uning farzandini tanishlari yordamida Samarqand temiryo‘l texnikumiga o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga 2 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.







