O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev Si Szinpin bilan uchrashdi

Muloqotda mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Shavkat Mirziyoyev Si Szinpin bilan uchrashdi

Ostona shahriga amaliy tashrif doirasida 3 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning muzokaralari bo‘lib o‘tdi.

 

Uchrashuv avvalida davlat rahbari Xitoy Raisiga O‘zbekistondagi ortga qaytmas islohotlarni qatʼiy qo‘llab-quvvatlayotgani hamda mamlakatlar o‘rtasidagi do‘stlik va barcha sharoitlarda har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashga alohida eʼtibor qaratayotgani uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.

 

Yetakchilar keyingi yillarda ikki tomonlama hamkorlikning barcha yo‘nalishlarida ulkan yutuqlarga erishilganini taʼkidladilar.

 

O‘zbekiston Prezidentining joriy yil yanvar oyida Xitoyga davlat tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuvlar izchil amalga oshirilayotgani alohida mamnuniyat bilan qayd etildi.

 

Hukumatlar, parlamentlar, tashqi siyosat va tarmoq idoralari darajasidagi aloqalar sezilarli darajada faollashdi.

 

Yil yakuniga qadar Tashqi ishlar vazirlari strategik muloqotining ikkinchi yig‘ilishini Toshkent shahrida o‘tkazish rejalashtirilgan. Yaqin kunlarda Xitoy parlamentining yuqori darajadagi delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi kutilmoqda.

 

Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik jadal rivojlanmoqda.

 

O‘tgan yili tovar ayirboshlash hajmi 14 milliard dollarga yetdi. Yaqin istiqbolda bu ko‘rsatkichni 20 milliard dollarga yetkazish imkoniyatlari qayd etildi.

 

Investitsiya loyihalarining joriy portfeli 50 milliard dollardan oshgan. Shu yil boshidan buyon mamlakatimizda 3 milliard dollardan ziyod Xitoy sarmoyasi o‘zlashtirilib, 500 dan ortiq yangi qo‘shma korxona tashkil etildi.

 

Infratuzilma, sanoat kooperatsiyasi, qishloq xo‘jaligi va “yashil” energetika sohalarida strategik hamkorlik dasturlarini qabul qilishni jadallashtirishga kelishib olindi.

 

Yaqinda Jizzax viloyatida O‘zbekiston-Xitoy texnoparki ishga tushirilgani va mintaqamizda birinchi bo‘lib “BYD” elektromobillari ishlab chiqarila boshlangani mamnuniyat bilan qayd etildi.

 

Xitoyning yetakchi moliyaviy tuzilmalari bilan hamkorlik kengaymoqda. Xususan, "Ipak yo‘li" jamg‘armasi bilan investitsiya platformasi yaratildi, Xitoy Eksimbanki ko‘magida poytaxtimizda Olimpiya shaharchasi qurilishi yakunlanmoqda. Ushbu bankning Toshkent shahrida hududiy filiali ochilishi kutilmoqda.

 

Hududlararo almashinuvlar faollashgani yuqori baholandi. Yil boshidan buyon mamlakatimizning barcha hududlari rahbarlari bir necha bor Xitoyga tashrif buyurdi, Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni, Anxoy, Szyansi, Szyansu, Chjeszyan, Shandun, Shensi va Shanxay muzofotlari delegatsiyalari O‘zbekistonda bo‘ldi. Pekin, Urumchi va boshqa bir qator shaharlarda savdo uylari ochildi.

 

Kelgusi yilda ikkinchi Hududlar forumi o‘tkazilishi belgilab olindi.

 

Prezidentimiz XXR Raisini kambag‘allikka qarshi kurashish sohasida amaliy hamkorlikni qo‘llab-quvvatlayotganini alohida taʼkidladi. Bu muhim yo‘nalishda tajriba almashish bo‘yicha uzoq muddatli dastur qabul qilish taklifi bildirildi.

 

"Bir makon, bir yo‘l" tashabbusi doirasida transport bog‘liqligini mustahkamlash va mintaqani rivojlantirishda strategik ahamiyatga ega bo‘lgan Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston temir yo‘lini qurish bo‘yicha amaliy ishlarni tez fursatda boshlash muhimligi taʼkidlandi.

 

Mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi. O‘zbekiston tomonining "yagona Xitoy" siyosatini qo‘llab-quvvatlash va "uch yovuz kuch"ga qarshi kurashish borasidagi pozitsiyasi o‘zgarmas ekani tasdiqlandi.

 

Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Shanxay hamkorlik tashkiloti, "Markaziy Osiyo - Xitoy" formati va boshqa xalqaro va mintaqaviy tuzilmalar doirasidagi yaqin hamkorlik davom ettiriladi.

 

Davlatimiz rahbari XXR yetakchisiga SHHTga raislik davrida katta muvaffaqiyatlar tiladi.

 

Turizm, ilm-fan, taʼlim, kadrlar tayyorlash va xitoy tilini o‘rganish sohalarida hamkorlikni kengaytirish zarurligi taʼkidlandi.

 

Yaqinda Toshkentda Markaziy Osiyodagi Konfutsiy institutlari forumi bo‘lib o‘tadi. Mamlakatimizda XXR oliy o‘quv yurtlari filiallarini ochish, Xitoyning professional taʼlim tizimi - "Lu Ban ustaxonasi"ni keng joriy etish rejalari belgilandi. Ikkinchi Taʼlim forumini kelgusi yilda o‘tkazish taklifi bildirildi.

 

Muzokaralar yakunida O‘zbekiston Prezidenti XXR Raisini mamlakatimizga tashrif bilan kelishga taklif etdi.

 

Uchrashuv har doimgidek o‘zaro ishonch, ochiqlik va do‘stlik ruhida o‘tdi.

 

custom img

Toshkentdagi mudhish YTHda ikki avtomobilni ham voyaga yetmaganlar boshqargani aniqlandi

YTH oqibatida bir ayol vafot etgan. Lacceti ikkiga bo‘linib ketgan.

custom img

Baliqchilikni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etiladi

Toshkent davlat agrar universiteti hamda Dalian Xitoyning Daliyan universiteti hamkorligida baliqchilik va akvakultura yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shma fakultet tashkil etiladi.

custom img

O'zbekistonda oliy ta’limda yangi ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar joriy etildi

Endilikda OTMlarda dronlar, mobil robototexnika, yashil iqtisodiyot, urbanistika, xalqaro suv diplomatiyasi va boshqa zamonaviy yo‘nalishlar bo‘yicha ham mutaxassislar tayyorlanadi.

custom img

“Yagona QR-kod boshqa to‘lov usullarini bekor qilmaydi”: Soliq qo‘mitasi tushuntirish berdi

Qo‘mita tadbirkorlar boshqa to‘lov tashkilotlarining QR-kodlaridan foydalanishda davom etishi mumkinligini, soliq organlari esa bunga aralashish vakolatiga ega emasligini bildirdi.

custom img

Toshkentda yangi tipdagi maktablar quriladi: o‘quvchi sig‘imi ikki baravar oshiriladi

Sergelidagi ayrim maktablar quvvatidan ikki baravar yuqori yuklamada ishlamoqda. Muammoni hal etish uchun yangi maktablarda sport zali va oshxona yerto‘laga joylashtiriladi.

custom img

Ohangaronda daladagi xufiya joydan sintetik narkotikni olgan xorijlik ushlandi

Xorijlikning Toshkentdagi vaqtincha yashash xonadonidan elektron tarozilar va boshqa ashyoviy dalillar musodara qilindi.

custom img

Toshkentning har bir tumanida 15–20 ta zamonaviy hojatxona quriladi

Yil boshidan buyon poytaxtga qariyb 3 million xorijlik sayyoh tashrif buyurgani qayd etildi.

custom img

Toshkentda 230 ta mahallada yarim yilda birorta ham jinoyat sodir etilmadi

Sergelida 29 ta mahalla “yashil” toifaga o‘tdi, 17 ta mahallada umuman jinoyat qayd etilmadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"