Toshkentda 3 ta bir-biriga tutash uy yonib ketdi
Holat bo‘yicha FVB maʼlumot berdi.

Qayd etilishicha, soat 13:54 da Shayxontohur tumani Quvur ariq 2-tor ko‘chasida joylashgan bir-biriga tutash qurilgan 3 ta xonadonda yong‘in sodir bo‘lganligi to‘g‘risida tuman FVBga xabar tushgan.
Shunga ko‘ra, 7 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 14:00 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 14:25 da o‘rab olingan va soat 14:47 da o‘chirilgan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.







