O'zbekiston

“Biznesni rivojlantirish banki”ning 3 yillik strategiyasi tasdiqlandi

Unga ko‘ra, 2026 yilgacha bank aktivlari 43,5 foizga oshirilishi rejalashtirilmoqda.

“Biznesni rivojlantirish banki”ning 3 yillik strategiyasi tasdiqlandi

Bugun, 4-iyul kuni “Biznesni rivojlantirish banki”ning 2024-2026 yillarga mo‘ljallangan strategiyasi: tashabbuslar va kutilmalar” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.

 

Unda bank Boshqaruvi rahbariyati, tarkibiy tuzilmalar masʼul xodimlari va ommaviy axborot vositalari vakillari  ishtirok etdi.

 

Tadbirda qayd etildiki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12 maydagi PF-5992-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “2020-2025 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi” asosida mamlakatimiz bank tizimida faol islohotlar amalga oshirilmoqda.   

 

“Biznesni rivojlantirish banki” ATB  tizimida ham mazkur Strategiyaga mos ravishda transformatsiya jarayonlari faol kechmoqda. KPMG xalqaro kompaniyasi bilan hamkorlikda bankni 2024-2026 yillarga mo‘ljallangan rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqildi. Matbuot anjumanida mazkur strategiyaning mazmun-mohiyati, unda ilgari surilgan tashabbuslar va istiqboldagi kutilmalar haqida axborot berildi.

 

Bankning yangi Strategiyasida kelgusi 3 yildagi istiqbolli vazifalar va asosiy maqsadlar belgilab olindi. Xususan, 2026 yilgacha bank aktivlari 43,5 foizga oshirilib, bugungi 27 trln. so‘mdan 62 trln.so‘mga, kapital bo‘yicha 3,2 trln. so‘mdan 7,1 trln. so‘mga yetkazilishi ko‘zda tutilmoqda.

 

Mijozlarga eng qulay hamda foydali shartlarda mahsulotlarning taqdim etilishi natijasida, bankning kredit portfeli 25 trln.so‘mga yoki 1,2 barobarga oshirilib, 46,8 trln. so‘mga va depozitlar hajmi 12,2 trln. so‘mga yoki 1,3 barobarga oshirilib, 21,6 trln.so‘mga yetkaziladi.

 

Kichik biznes vakillari bo‘lgan mijozlar sonini 115 mingtagacha oshirib, bozorning 17,7 foizini hamda chakana biznes mijozlari sonini 2,5 mln.tagacha oshirib, bozorning 16,7 foizini egallash belgilab olingan.

 

Mijozlarning 75 foizini onlaynga o‘tkazib, ularni faol mobil ilova va internet-banking foydalanuvchilariga aylantirish rejalashtirilgan.

 

Anjumanda bankni 2024-2026 yillarga mo‘ljallangan rivojlantirish strategiyasida ko‘zda tutilgan maqsadlarga erishish uchun 250 dan ortiq tashabbuslar ishlab chiqilgani maʼlum qilindi. Bunda, 27 ta tashabbus axborot texnologiyalarini rivojlantirishga, 48 tasi Inson kapitalini rivojlantirishga hamda 83 tasi Biznesni rivojlantirishga qaratilgan.

 

Shundan 39 ta tashabbus kichik biznes yo‘nalishida,  44 tasi esa chakana biznes yo‘nalishida amalga oshiriladi.

 

Taʼkidlandiki, Strategiyani ishlab chiqishda bank uchun biznes yo‘nalishida xizmatlarning soddaligi, ommabopligi va tezkorligi muhim mezon etib belgilandi.

 

“Biznesngi rivojlantirish banki” ATB kelgusida yangi ish o‘rinlari yaratish, aholi daromadlarini oshirish va eksportni taʼminlashga qaratilgan biznes loyihalarni moliyalashtirishda faol ishtirok etadi. Shuningdek, zamonaviy bank xizmatlarini taqdim qilish orqali moliya bozoridagi mavqeini mustahkamlashga intiladi.

 

Matbuot anjumanida ommaviy axborot vositalari vakillari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.

 

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

“Biznesni rivojlantirish banki”ning 3 yillik strategiyasi tasdiqlandi | Zamon.uz