Qarshida 3 ta mashina avariyaga uchradi
Oqibatda haydovchilardan biri vafot etgan.

Kecha, 4 iyul kuni Qashqadaryo viloyatida Spark, BYD va Nexia rusumli avtomashinalar ishtirokida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi.
Qayd etilishicha, voqea soat 07:53 larda Qarshi shahar “Bo‘ston” MFY hududidan o‘tuvchi 4R-92 “Qarshi-Tallikuron-Kasbi-Jeynov-Pomuq” avtomobil yo‘lining 2-kilometrida sodir bo‘lgan. Haydovchi R.A. boshqaruvidagi Spark orqaga burilayotganida haydovchi X.L. boshqaruvida bo‘lgan BYD SONG PLUS rusumli avtomobilning harakat yo‘liga chiqib ketib, YTH sodir etgan. Ularga qarama-qarshi yo‘nalishdan harakatlanib kelayotgan haydovchi R.A. boshqaruvida bo‘lgan Nexia ham to‘qnashgan.
Oqibatda Spark rusumli avtomashina haydovchisi R.A. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan va shu yerda vafot etgan.







