O'zbekiston

Bolani mashina yukxonasiga solib harakatlangan erkakka sud hukmi o‘qildi

Unga nisbatan 2 yil axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan.

Bolani mashina yukxonasiga solib harakatlangan erkakka sud hukmi o‘qildi

Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida 6 yoshli bolani o‘ziga tegishli Nexia-2 yukxonasiga solib, avtomobilni harakatlantirgan shaxsga nisbatan sud hukmi o‘qildi. 

 

Maʼlum qilinishicha, Jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘qon shahar sudining 12 iyundagi hukmi bilan M.A. Jinoyat kodeksining 138-moddasi 1-qismida (birovni zo‘rlik ishlatib, g‘ayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilgan.

 

Unga nisbatan ish haqining 20 foizini davlat daromadiga ushlab qolgan holda 2 yil axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan. 17 maydan 12 iyunga qadar qamoqda o‘tirgan har bir kuni axloq tuzatish ishlari jazosining 3 kuniga tenglashtirilib, tayinlangan jazodan 78 kun chegirib tashlangan hamda o‘tash uchun 1 yil 9 oy 12 kun axloq tuzatish ishlari jazosi qoldirilgan.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bolani mashina yukxonasiga solib harakatlangan erkakka sud hukmi o‘qildi | Zamon.uz