Angrenda ayol aholi yashash joyida 157 km/s tezlikda harakatlandi
Holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.

Ijtimoiy tarmoqda Toshkent viloyatining Angren shahrida ayol aholi yashash hududida soatiga 157 km tezlikda harakatlangani aks etgan video tarqaldi.
Toshkent viloyati IIB YHXB axborot xizmatining xabar berishicha, Equinox mashinasi va uni juda katta tezlikda boshqargan ayol topilgan. Unga Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalari bilan maʼmuriy bayonnoma tuzilgan.
YHXB o‘z Telegram-kanalida eʼlon qilgan videoda ayol mashinani aholi punktlarida soatiga 157 km tezlikda boshqarish mumkin emasligini bilmasligini taʼkidlagan.







