Andijonda Cobalt 10 yoshli qizni urib yubordi
Oqibatda piyoda tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Bugun, 8 iyul kuni Andijon shahrida Cobalt haydovchisi 10 yoshli qizchani urib yubordi. Viloyat YHXB holat yuzasidan maʼlumot berdi.
Hodisa Andijon shahrining O‘zbekiston ko‘chasida “Korzinka” supermarket oldidagi tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyida yuz bergan. 25 yoshli haydovchi A.X. o‘zining Cobalt rusumli transport vositasida harakatlanib kelayotgan vaqtida yo‘lning o‘ng tarafidan chap tarafiga o‘tayotgan 10 yoshli qizni urib yuborgan.
YTH oqibatida piyoda X.S. tan jarohati olib, shahar shifoxonasiga yotqizilgan.
Hozirda Andijon shahar IIO FMB YHXB masʼul xodimlari tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.







