Raqobat qo‘mitasi “MAXAM-CHIRCHIQ”ga nisbatan ish qo‘zg‘atdi
Aksiyadorlik jamiyati o‘g‘it narxlarini asossiz oshirgan.

Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan “MAXAM-CHIRCHIQ” AJda ishlab chiqarilgan mineral o‘g‘it mahsulot narxlarini shakllantirishda amaldagi normativ hujjatlarga rioya etilmaganligi natijasida mahsulot narxlarini asossiz oshishiga olib kelgan harakatlarining alomatlari aniqlangan.
Natijada, mineral o‘g‘it mahsulotlari narxlari o‘rtacha 10 foizdan 15 foizgacha oshishiga sabab bo‘lgan.
Yuqoridagilarga ko‘ra, Raqobat qo‘mitasi tomonidan MAXAM-CHIRCHIQ” AJga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonuni talablari buzilishi alomatlari bo‘yicha ish qo‘zg‘atildi.
Ushbu aniqlangan omillar qishloq xo‘jaligi korxonalari (klaster, fermer, dehqon va boshqalar)ga bevosita taʼsir qilib, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari narxlari oshishiga olib kelishi mumkin.






