Toshkent shahri YHXBning Yunusoboddagi ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘limi vaqtincha yopiladi
Haydovchilardan shahardagi boshqa bo‘linmalarga murojaat qilish so‘ralmoqda.

8 iyuldan boshlab Toshkent shahri Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasining Yunusobod tumani O.Zokirov ko‘chasi (sobiq Gvardeyskaya) 2-uyda joylashgan ro‘yxatdan o‘tkazish, imtihon olish bo‘limi vaqtincha yopiladi. Bu yerda taʼmirlash ishlari olib boriladi.
Toshkent shahar IIBB YHXB matbuot xizmati xabariga ko‘ra, haydovchilar quyidagi bo‘linmalarga murojaat qilishlari mumkin:
-
Mirobod tumani Beshkent ko‘chasi 43-uy (Fayzobod);
-
Mirobod tumani Vodil ko‘chasi 53-uy (Uzbum);
-
Chilonzor tumani Bunyodkor ko‘chasi 118A-uy (Sobir Rahimov);
-
Sergili tumani Sergili avtomashina bozor hududida.







