O'zbekiston

Andijondagi qoramollarda nomaʼlum kasallik aniqlandimi?

Bu bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borilib, natijasi eʼlon qilindi.

Andijondagi qoramollarda nomaʼlum kasallik aniqlandimi?

Avvalroq Andijon viloyatidagi qoramollarda nodulyar dermatitga o‘xshash nomaʼlum kasallik tarqalayotgani haqida xabarlar eʼlon qilingandi.

 

Holat Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi Ishchi guruhi va ichki ishlar idoralari mutaxassislari bilan hamkorlikda o‘rganildi. Hozirda voqea joyi aniqlanib, holat nazoratga olingan.

 

O‘rganish davomida Ijtimoiy tarmoqlarda rasm va videolari tarqalgan qoramol Izboskan tumani “Anorzor” MFYda yashovchi Xayrulla Eshonjonovga tegishli ekanligi aniqlangan.

 

Qoramol klinik ko‘rikdan o‘tkazilib, olingan qon va boshqa namunalar laboratoriya tekshiruvlaridan o‘tkazilganda ushbu sigir nodulyar dermatit yoki nomaʼlum kasallik bilan emas, allergik toshmaga chalinganligi aniqlandi.

 

Maʼlum bo‘lishicha, sigirning terisiga bundan 24 kun muqaddam, yaʼni 15 iyun kuni allergik toshma toshgan. Bu haqida egasi mahalliy veterinariya mutaxassisiga murojaat qilgan.

 

Mutaxassislar klinik ko‘rikdan o‘tkazib, davolash ishlari olib borgan. Qoramolning ishtahasi o‘rniga kelgan. Umumiy holati yaxshilangan va allergik toshmalar yo‘qolgan. 18 iyun kuni ushbu sigir sog‘lom buzoq tuqqan. Hozirda sigir va bolasining umumiy holati yaxshi.

 

Surishtiruv davomida unga ozuqa orqali allergik toshma toshganligini egasi ham tasdiqladi. Xonadondagi qolgan 8 bosh qoramolda bunday holat kuzatilmagan.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Andijondagi qoramollarda nomaʼlum kasallik aniqlandimi? | Zamon.uz