O'zbekiston

Diabetga chalingan bemorlar qanday taomlanishi kerak?

Mutaxassis bu bo‘yicha maʼlumot berdi.

Diabetga chalingan bemorlar qanday taomlanishi kerak?

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining maʼlumotlariga ko‘ra, bugun dunyoda 400 milliondan ortiq kishi qandli diabetdan aziyat chekmoqda. Mutaxassislar bu ko‘rsatkich yildan-yilga faqat ortib borishini bashorat qilmoqda.

 

Ayniqsa, kasallikning 2-turi tobora yasharib bormoqda. Bu esa uni o‘z vaqtida aniqlash va oldini olishni taqozo etadi.

 

— Qandli diabetning 2-turi – surunkali xastalik bo‘lib, bunda inson tanasidagi barcha – uglevod, yog‘ va oqsil almashinuvlari buziladi, — deydi tibbiyot fanlari nomzodi Feruza Tohirova. — Maʼlumki, diabetning ushbu turi ortiqcha tana vazni va semizligi bo‘lgan shaxslarda rivojlanadi. Shuning uchun vaznni kamaytirish kasallikni davolashning asosiy usuli hisoblanadi.

 

Bu xastalikda tana og‘irligini kamaytirish dori-vositalaridan foydalanish bilan birga, turmush tarzini o‘zgartirish, yaʼni parhez va jismoniy faollikni oshirish orqali amalga oshiriladi.

 

Isbotlanganki, qandli diabetning 2-turida ovqatlanish tartibini nazorat qilish orqali quyidagilarga erishish mumkin:

 

  • qonda qand miqdorini pasaytirish;
  • qonda qand miqdori va qon bosimini pasaytiruvchi dori-vositalar miqdorini kamaytirish;
  • tana vaznini tushirish;
  • depressiya va xavotir xavfini kamaytirish;
  • hayot sifatini yaxshilash.

 

Aniqlanganki, tana vaznini 10 foiz va undan ko‘proqqa kamaytirish orqali qandli diabetning 2-turi remissiyasiga, yaʼni qonda qand miqdorini pasaytiruvchi dorilarsiz uni meʼyorda bo‘lishiga erishish mumkin.

 

Maʼlumki, semizlik bu inson tanasida insulin gormoni ko‘pligining belgisidir. Agar bu holat uzoq davom etsa, keyinchalik insulinga nisbatan sezuvchanlik pasayib, avval diabet oldi holatlari, vaqt o‘tishi bilan esa uning 2-turi rivojlanadi. Shuning uchun bu kasallikda ovqatlanish qoidalari aynan tana vaznini pasaytirishga qaratilgan bo‘lishi lozim.

 

Bundan tashqari, bemorlar kun tartibiga rioya qilishlari muhim ahamiyatga ega. Bunga har kuni 5 mahal (3 marta asosiy va 2 marta qo‘shimcha ovqat) oz-ozdan ovqatlanish va sifatli uyqu kiradi.

 

Qandli diabetning 2-turida ratsional ovqatlanish, yaʼni isteʼmol qilingan ovqatga yarasha jismoniy faollik zarur. Agar inson ko‘p taom isteʼmol qilib, kam harakat qilsa, bu uning semirishiga sabab bo‘ladi. Agarda ovqat isteʼmoli bilan harakat darajasi bir xil bo‘lsa, va hattoki, ko‘proq bo‘lsa, bu aksincha tana vaznining pasayishiga olib keladi.

 

Muvozanatlashgan taomlanish, yaʼni qandli diabetning 2-turiga chalingan bemorning ovqati tarkibida oqsil, yog‘ va uglevodlar xuddi sog‘lom insonniki kabi nisbatda (1:1:4) bo‘lishi lozim.

 

Bundan tashqari, bemorlar meva va sabzavotlarni isteʼmol qilishda ularning glikemik indeksiga, yaʼni ovqatdan keyingi qonda qand miqdorini oshishiga taʼsir qiluvchi ko‘rsatkichni inobatga olishlari lozim.

 

glikemik indeksi bu – glyukozaning qonga o‘tish tezligini baholaydigan ko‘rsatkichdir. U qanchalik yuqori bo‘lsa, glyukoza qonga shunchalik tez o‘tadi va uning qondagi miqdori yuqori bo‘ladi.

 

Shu bois bemorlarga glikemik indeksi yuqori bo‘lgan meva va sabzavotlarni ko‘p isteʼmol qilish tavsiya qilinmaydi.

 

Yuqori glikemik indeksga ega bo‘lgan meva-sabzavotlarga qaynatilgan lavlagi, qovoq, qovoqcha (kabachki), sabzi, makkajo‘xori, kartoshka, qovun, tarvuz, uzum, banan, quritilgan mevalar (turshak, mayiz, xurmo), konservalangan meva va rezavorlar kiradi.

 

Past glikemik indeksga ega bo‘lgan meva va sabzavotlar esa karamning barcha turlari (oq, qizil, Pekin, rangli, brokkoli, boryussel karami), yashil loviya, xom sabzi, turp, rediska, sholg‘om, baqlajon, bulg‘or qalampiri, bodiring, pomidor, olcha, gilos, olxo‘ri, o‘rik, shaftoli, nok, olma, qulupnay, malina, apelsin va mandarin kabilar hisoblanadi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Diabetga chalingan bemorlar qanday taomlanishi kerak? | Zamon.uz