Lifestyle

Ozarbayjonda “baliq yomg‘iri” yog‘di

Oqibatda yo‘lda tirbandlik yuzaga kelgan.

Ozarbayjonda “baliq yomg‘iri” yog‘di

Mamlakatning Absheron viloyatida, aniqrog‘i Mehdiobod qishlog‘ida juda noodatiy yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Unda baliq olib ketayotgan avtomobilning orqa eshigi ochilib ketishi natijasida baliqlar yo‘lga sochilib ketgan.

 

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan tasvirlarga ko‘ra, hodisa natijasida katta miqdordagi baliqlar yo‘l bo‘lagiga tushib qolgan. Buning oqibatida tirbandlik ham yuzaga kelgan.

 

Eslatib o‘tamiz, bundan oldin Eronda ham kuchli dovul natijasida osmondan baliqlar yog‘gandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"