O'zbekiston

Barcha poyezdlar 15 iyuldan 15 avgustgacha “Toshkent-Janubiy” vokzaldan jo‘naydi

Transport vazirligi buning sababini tushuntirdi.

Barcha poyezdlar 15 iyuldan 15 avgustgacha “Toshkent-Janubiy” vokzaldan jo‘naydi

“Toshkent-Markaziy” (Shimoliy) vokzali orqali harakatlanuvchi deyarli barcha poyezdlar 15 iyuldan 15 avgustgacha “Toshkent-Janubiy” vokzaldan jo‘naydi.

 

Maʼlum qilinishicha, “To‘qimachi” hamda “Toshkent yo‘lovchi” bekatlari oralig‘idagi temir yo‘lda taʼmirlash ishlari olib boriladi.

 

Shu bois “Olma-ota – Toshkent – Olma-ota”, “Toshkent – Novosibirsk – Toshkent”, “Toshkent – Samara – Toshkent” yo‘nalishida harakatlanadigan yo‘lovchi poyezdlari hamda “Toshkent – Hojikent – Toshkent” shaharlararo poyezdlaridan tashqari bugungi kunda “Toshkent-Markaziy” temir yo‘l vokzalidan qatnovini amalga oshirib kelayotgan barcha yo‘lovchi poyezdlar “Toshkent-Janubiy” vokzaldan o‘z harakatini boshlaydi.

 

Jumladan, bir oy mobaynida yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdlari, “Sharq”, “Nasaf” hamda “Toshkent – Andijon – Toshkent”, “Toshkent – Volgograd – Toshkent”, “Dushanbe – Toshkent – Dushanbe” yo‘lovchi poyezdlari “Toshkent-Janubiy” vokzal hududidan reyslarini amalga oshiradi.

 

“Toshkent-Markaziy” hamda “Toshkent-Janubiy” vokzallaridagi barcha chiptaxonalar tunu kun faoliyat ko‘rsatadi. Bundan tashqari, chiptalarni elektron tarzda ham olish mumkin.

 

Shuningdek, bir oy mobaynida “Toshkent-Markaziy” vokzalidagi chiptaxonalardan poyezd jo‘nashidan oldin chipta xarid qilgan yoki yanglishib Markaziy vokzalga kelib qolgan yo‘lovchilarni “Toshkent-Janubiy” vokzalga olib borish uchun vaqtincha bepul avtobuslar ham qo‘yiladi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Barcha poyezdlar 15 iyuldan 15 avgustgacha “Toshkent-Janubiy” vokzaldan jo‘naydi | Zamon.uz