Salomatlik

Olimlar ochlikning saratonga qarshi xususiyatini aniqlashdi

“Immunity” jurnalida yangi tadqiqot natijalari chop etildi.

Olimlar ochlikning saratonga qarshi xususiyatini aniqlashdi

Unga ko‘ra, haftasiga ikki marta 24 soatdan ochlik holatida yurish “tabiiy qotil hujayralar” deb ataladigan o‘ziga xos immunitet hujayralarining saratonga qarshi kurashish qobiliyatini oshiradi.

 

Natijalar kelgusida saratonni qo‘shimcha davolash uchun bir qator imkoniyatlarni ochib beradi. Tadqiqot Nyu-Yorkdagi MSK Saraton markazi olimlari tomonidan o‘tkazildi.

 

“O‘smalar juda och bo‘ladi, — dedi immunolog, tadqiqotning hammuallifi Jozef San. — Ular zaruriy oziq moddalarni “yeydi”, bu bilan ko‘pchilik immun hujayralari uchun zararli bo‘lgan lipidlarga boy dushman muhitni yaratadi. Tadqiqot ochlikning “tabiiy qotil hujayralar”ni ushbu bostiruvchi muhitda yaxshiroq omon qolish uchun qayta dasturlanib olishini ko‘rsatdi”.

 

“Tabiiy qotil hujayralar” (NK) leykotsitlar bo‘lib, ular o‘z nomiga mos holda virus va saraton hujayralari bilan zararlangan boshqa hujayralarni yo‘q qiladi. Ularning asosiy vazifasi “bosqinchilar”ni yo‘q qilish bo‘lsa-da, NK-hujayralar zararli hujayralarga hujum qilishga signal berish uchun sitokinlar deb ataladigan oqsillarni chiqarish orqali boshqa immun hujayralar bilan o‘zaro taʼsirga kirishadi. Qanchalik ko‘p NK-hujayralari saraton o‘simtasiga kirib borsa, bemor uchun prognoz shunchalik yaxshi bo‘ladi.

 

“Tadqiqot davomida har bir ochlik siklida NK-hujayralar glyukoza o‘rniga yog‘ kislotalaridan muqobil yoqilg‘i manbai sifatida foydalanishni o‘rganganini ko‘rdik, — dedi tadqiqotning yetakchi muallifi Rebekka Delkonte. — Bu haqiqatan ham ularning saratonga qarshi taʼsirini optimallashtiradi, chunki o‘simta mikro muhitida yuqori konsentratsiyali lipidlar mavjud va ular bunday metabolik mashg‘ulotlar tufayli endi o‘simtaga kirib, u yerda yaxshiroq yashab qolishlari mumkin”.

 

Olimlarning fikricha, ochlikning ko‘p turlari bor va ularning baʼzilari organizm uchun foydali, ayrimlari esa zararli bo‘lishi mumkin. Bemorlar o‘z shifokorlari bilan muloqotda bo‘lib, ularning individual holati uchun qay biri xavfsiz va foydali ekanligi haqida bilishlari kerak.

custom img

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

custom img

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

custom img

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

custom img

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

custom img

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

custom img

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

custom img

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

custom img

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"