O'zbekiston

Narkodo‘konning “zakladchik” va omborchisi ushlandi: ular jaraga olingan xonadonda narkolaboratoriya tashkil etgan

Tezkor tadbirda qariyb 6 kilogramm giyohvandlik vositasi va ularni tayyorlash jihozlari olib qo‘yildi.

Narkodo‘konning “zakladchik” va omborchisi ushlandi: ular jaraga olingan xonadonda narkolaboratoriya tashkil etgan

 

Respublika bo‘ylab o‘tkazilayotgan “Xavfsiz va sog‘lom yurt” keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirining uchinchi bosqichi doirasida Toshkent shahrida narkolaboratoriya fosh etildi. Tezkor-qidiruv tadbirlari davomida jami 6 kilogrammga yaqin giyohvandlik vositalari va ularni tayyorlashda ishlatiladigan jihozlar ashyoviy dalil sifatida olindi.

 

Ichki ishlar vazirligi Tezkor-qidiruv departamenti, uning hududiy bo‘linmalari hamda Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbirda 2002-yilda tug‘ilgan, internetdagi narkodo‘konda “zakladchik” sifatida faoliyat yuritgan shaxs aniqlangan.

 

U Yashnobod tumanida to‘xtatib tekshirilganda, yonidan tarqatish uchun mo‘ljallangan 58 o‘ramdagi 74 gramm gashish moyi topilgan. Tezkor-surishtiruv ishlari davomida u giyohvandlik vositalarini muntazam ravishda shu yili tug‘ilgan narkodo‘kon omborchisidan olib turgani aniqlangan.

 

Shundan so‘ng tezkor tadbirlar Chilonzor tumani, Do‘mbrobod mahallasida davom ettirilgan. Narkodo‘kon omborchisi ijaraga olingan xonadonda narkolaboratoriya tashkil etgani ma’lum bo‘lgan.

 

Xonadondan 3,5 kilogramm gashish moyi, tarqatishga tayyorlangan 361 o‘ramdagi jami 350 gramm gashish moyi, gashish va gashish moyi aralashmasi, 600 gramm gashish, 1,5 kilogramm gashish moyidan tayyorlangan pechenyelar hamda gashish moyi marmeladlari topilgan.

 

Shuningdek, giyohvandlik vositalarini tayyorlash va qadoqlashda ishlatiladigan qo‘lqop, shprits, zip-paket, tarozi, izolyenta, 500 ta bo‘sh flakon va boshqa jihozlar ham ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.

 

Idora ma’lumotiga ko‘ra, olib qo‘yilgan giyohvandlik vositalarining umumiy qiymati 19 250 dollarga baholangan.

 

Mazkur holat yuzasidan fuqarolarga nisbatan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Ichki ishlar vazirligi shubhali shaxslar yoki ularning faoliyati haqida ma’lumotga ega fuqarolardan Telegram messenjeridagi “Stopnarkotik” botiga murojaat qilishni so‘radi. Respublika bo‘ylab giyohvandlik va psixotrop moddalar bilan bog‘liq jinoyatlarning oldini olishga qaratilgan tadbirlar davom ettirilmoqda.

Toshkentda issiq suv nega loyqalandi? Veolia izoh berdi

Toshkentda issiq suv nega loyqalandi? Veolia izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda ayrim xonadonlarga jigarrang tusli issiq suv kelayotgani haqida xabarlar tarqaldi.

Olot tumani hokimi “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi

Olot tumani hokimi “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi

Uning hududni rivojlantirish, infratuzilmani yaxshilash, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi farovonligini oshirishga qo‘shgan hissasi e’tirof etildi.

“Bolalik kutib turmaydi”: Saida Mirziyoyeva Qarshidagi maktab va bog'cha sharoiti bilan tanishdi

“Bolalik kutib turmaydi”: Saida Mirziyoyeva Qarshidagi maktab va bog'cha sharoiti bilan tanishdi

Ma’lum bo‘lishicha, bog‘cha avariya holatida, maktabda esa sinfxonalar sovuq, partalar eskirgan.

Farroshlarning oyligi berilmayaptimi? Metropoliten izoh berdi

Farroshlarning oyligi berilmayaptimi? Metropoliten izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent metropolitenida ishlovchi farroshlarning oylik maoshlari kechiktirilayotgani yoki umuman berilmayotgani haqida xabarlar tarqaldi.

Buxoroda aholining 80 foizi avtomobilda qatnaydi: qo‘shimcha 120 ta avtobus olib kelinadi

Buxoroda aholining 80 foizi avtomobilda qatnaydi: qo‘shimcha 120 ta avtobus olib kelinadi

Viloyatda jamoat transportini rivojlantirish, aeroport va vokzallar atrofidagi xizmatlar sifatini oshirish hamda yangi turar joy massivlarini qurish topshirildi.

“Bundan buyon ‘kambag‘al oila qolmadi’ degan hisobot o‘tmaydi” — Prezident

“Bundan buyon ‘kambag‘al oila qolmadi’ degan hisobot o‘tmaydi” — Prezident

Xorijda kam maoshga ishlayotgan buxoroliklar kasbga o‘qitilib, yuqori daromadli ishga joylashtiriladi.

Buxoroda 300 million dollarlik aeroport qurilmoqda: u 20 ta samolyotga xizmat ko‘rsatadi

Buxoroda 300 million dollarlik aeroport qurilmoqda: u 20 ta samolyotga xizmat ko‘rsatadi

Kelasi yili Buxorodan Malayziya, Indoneziya, Kuvayt, Misr va Bahraynga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.

Buxoro va Samarqand orasidagi yo‘l 1,5 soatga qisqarishi kutilmoqda

Buxoro va Samarqand orasidagi yo‘l 1,5 soatga qisqarishi kutilmoqda

Viloyatda 30 milliard dollarlik yangi tashabbuslar amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda.