Endi Kambag‘allikni qisqartirish va ijtimoiy himoya bitta tizimda bo‘ladi
Bu haqida Prezident boshchiligidagi yig‘ilishda aytildi.

Qayd etilishicha, mahalla yettiligida qanday ishlash kerakligi bo‘yicha tajriba to‘plandi, ularga bank-moliya instrumentlari bilan ko‘maklashish joriy qilindi. Shu bilan birga, tizim kengaygan sari yangicha yondashuvga ehtiyoj sezilmoqda.
Ehtiyojmand aholi daromad manbayi bilan taʼminlanmasa, yana ijtimoiy yordamga qayta-qayta murojaat etishi ko‘rsatib o‘tildi.
Shu bois, endi kambag‘allikni qisqartirish va ijtimoiy himoya bitta, yaʼni ijtimoiy himoya agentligi tizimida bo‘ladi.







