Namangandagi sport maydonida 24 yoshli yigit jasadi topildi
Holat yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

Davlatobod tumani “Mustaqillik” mahallasidagi “Otchopar” sport maydonidan 2000 yilda tug‘ilgan bolaning jasadi topildi. Bu haqida Bosh prokuratura xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, 10 iyul kuni soat 12:45 da “Otchopar” sport maydonidan Namangan shahar “Do‘stlik” ko‘chasida yashovchi yigitning jasadi topilgan. Shu kuni soat 13:00 da Davlatobod tuman IIBga bu haqida xabar berilgan.
Hodisa joyiga tuman prokurori, o‘rinbosari, tuman IIB boshlig‘i va tezkor-tergov guruhi aʼzolari yetib borgan. Mazkur holat yuzasidan yigitning o‘limi sabablarini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.
Tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.







