O'zbekiston

Quvasoyda 450 gektar intensiv bog‘ yaratildi

Prezident mazkur bog‘da bo‘lib, tadbirkorning muammo va takliflarini so‘radi.

Quvasoyda 450 gektar intensiv bog‘ yaratildi

Bu adirlik ilgari foydalanilmaydigan yaydoq joylar edi. Davlatimiz rahbarining 2020 yil iyunda Farg‘ona viloyatiga tashrifi chog‘ida tadbirkorning bu yerda bog‘ yaratish taklifi qo‘llab-quvvatlandi.

 

Hozir bu agroloyiha bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Dastlabki ikki yilda 450 gektar yerda intensiv bog‘ yaratilib, tomchilatib sug‘orish yo‘lga qo‘yildi. Eksportbop gilos va shaftoli ko‘chatlari hosilga kirib qoldi.

 

Bugungi tashrifda Prezident «Uz-Segang» qo‘shma korxonasining ushbu bog‘ini ko‘zdan kechirdi. Tadbirkorning muammo va takliflarini so‘radi.

 

Korxonaga Quva tumanidan qariyb 2 ming gektar va Quvasoy shahridan 1 ming 600 gektar yer ajratilgan.

 

Kelgusi ikki yilda qayta o‘zlashtirilgan bu yerlarda yana 980 gektar intensiv bog‘ barpo etiladi. Shuningdek, ekoturizm va logistika markazlari ishga tushiriladi. Eng muhimi yana qo‘shimcha 200 ta doimiy, 3 mingta mavsumiy ish o‘rni paydo bo‘ladi.

 

O‘tgan yili korxona tomonidan fermer xo‘jaliklari va xonadonlardan 1 ming 700 tonna gilos, shaftoli va anor yig‘ib olinib, 5 million dollardan ziyod eksport qilindi. Bu yil eksport miqdorini 15 million dollarga yetkazish maqsad qilingan.

 

Korxona faqat meva yetishtirish bilan cheklanmaydi. Italiya, Turkiya, Janubiy Koreya va Xitoydan ilg‘or texnologiyalar keltirilib, mahsulotlarni saqlash, qayta ishlash, qadoqlash yo‘lga qo‘yilgan.

 

Prezident bunday loyihalarni ko‘paytirish zarurligini taʼkidlab, buning uchun qanday taklif bo‘lsa, qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi.

 

Shu yerda viloyatdagi agrosanoat mahsulotlari namoyish etildi. Sohadagi kelgusi rejalar taqdimot qilindi. 

 

Viloyatda 48 ming 300 gektar bog‘ va tokzor mavjud bo‘lib, uning 3 ming 400 gektarini intensiv bog‘lar tashkil etadi. Keyingi to‘rt yilda 6 ming 400 gektar bog‘ va 2 ming 900 gektar tokzorlar barpo etilgan. Shuningdek, 1 ming 400 gektarda tomchilatib sug‘orish tizimi joriy qilingan.

 

Bu yil yana 3 ming 400 gektar intensiv bog‘ va tokzorlar barpo qilinib, 2 ming 400 ta ish o‘rni yaratilishi mo‘ljallangan.

 

Shu bilan Prezident Shavkat Mirziyoyevning Farg‘ona viloyatiga tashrifi yakunlandi.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Quvasoyda 450 gektar intensiv bog‘ yaratildi | Zamon.uz